<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Osmonlardan izlamang
 Osmonlarga boʻzlamang
 Uzoqlarni koʻzlamang
 Masih yuragimizda.

[V2]
 Muqaddas Ruhi bilan
 Hayot shukuhi bilan
 Qalbda Masih yasharkan
 Masih yuragimizda.

[V3]
 Kalomi qoʻlimizda
 Hamrohdir yoʻlimizda
 Birodar menda, Sizda
 Masih yuragimizda.

[V4]
 Koʻtarildi osmonga
 Otadan oʻng tomonga
 Shafoat qilib jonga
 Masih yuragimizda

[V5]
 Qurbon qildi jonini
 Toʻkib qutlugʻ Qonini
 Yubordi Kalomini
 Masih yuragimizda.

[V6]
 Gunohkorni sevdi U
 Tavba qiling derdi U
 Xudoni seving mangu
 Masih yuragimizda

[V7]
 Dunyo oʻtib ketadi
 Yeru osmon bitadi
 Masih sizni kutadi Masih yuragimizda

[V8]
 Xudo rejasin ochdi
 Nurin qalblarga sochdi
 Zulmat yurakdan qochdi
 Masih yuragimizda.

[V9]
 Ulashamiz barchaga
 Mayus boqmang darchaga
 Najot berdi qanchaga
 Masih yuragimizda.</lyrics>
<title>Masih yuragimizda</title>
<author>Ulugʻbek Abduhalimov, Ravshan Xizirov</author>
</song>